SportUz.Net
iks
ads

Israel Adesanya: "Yana tavakkal qilmoqchiman"

27.12.2025 20:15    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya o'ziga shuhrat keltirgan va chempionlik kamariga olib kelgan tomoshabop uslubga qaytishni rejalashtirmoqda.

"Hozir men uchun kamar asosiy nishon emas. Men shunchaki jang qilmoqchiman. CHempionlik yo'lida nima qilgan bo'lsam, shuni amalga oshirmoqchiman. Ha, men kamar himoyasida ham juda yaxshi harakat qilgandim, lekin endi erkinroq jang uslubiga o'tmoqchiman. Men yana avvalgidek tavakkal qilishni xohlayman", - dedi nigeriyalik Tailanddagi Bangtao Muay Thai & MMA klubida o'tkazilgan savol-javob sessiyasida.

Adesanyaning so'zlariga ko'ra, u kelasi yili oktagonga qaytadi, ammo endi cho'qqiga qaytish oson bo'lmaydi

"Har kuni menga shunday deyishadi: "Ey, sen faoliyatingni tugatganmisan?" Ilgari: "Yo'q, men shunchaki tanaffus qilib, boshqa ishlar bilan shug'ullanyapman" deb tushuntirishga majbur bo'lardim. Endi esa men shunchaki: "Ha, men faoliyatimni yakunladim" deb javob beraman. Meni posterda ko'rmagunlaricha shunday o'ylayverishsin", - deya izoh berdi sobiq UFC chempioni.

Joriy yilning fevral oyida Israil Adesanya ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga Nassurdin Imavovga imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgandi. Ayni paytda u tashkilotning o'rta vazn reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: