SportUz.Net

Aleksandr Usik bokschilik faoliyatini yakunlaydimi?

30.04.2025 10:39    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning superog'ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik faoliyatini qachon yakunlashi haqida berilgan savolga javob berdi.

"Tayson Fyuri bilan ikkinchi jangdan keyin men jamoamni yig'ib, shunday dedim: "Mana, men mashg'ulotlarni davom ettirishim mumkinligini his qilyapman, boksni davom ettira olaman. CHunki shifokorim, fitnes bo'yicha murabbiyim, boks bo'yicha murabbiyim, butun jamoam tanamga qarab: "Aleks, tanang ajoyib holatda. Sening tanang ko'proq narsani xohlaydi. Hammasi o'zingga bog'liq", deyishdi. Men buni o'zimda his qilaman. Men boks tushishda davom etmoqchiman", dedi Usik.

Malumot uchun, ukrainalik 38 yoshli charm qo'lqop ustasi mutlaq chempionlik uchun ikkinchi jangini 19 iyul kuni London shahridagi "Uembli" stadionida IBF chempioni Daniel Dyubuaga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: