SportUz.Net

Jervonta Devis va Lamont-Rouch o'rtasidagi revansh jangi nomalum muddatga qoldirildi

30.04.2025 14:54    


Rasmni yuklab olish

Professional boksning engil vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha amerikalik chempion Jervonta Devisning (30-0-1, 28 KO) hamyurti Lamont-Rouch (25-1-2, 10 KO) bilan ikkinchi bellashuvi qoldirildi.

Bellashuv 21 iyun kuni o'tkazilishi rejalashtirilayotgandi.

PBC promouterlik kompaniyasi tashkil etuvchi ushbu musobaqa endi yoz oxiri yoki kuz boshida o'tkazilishi aytilmoqda.

Kechiktirilganiga qaramay, Jervonta va Lamont shartnoma bo'yicha revansh jangini o'tkazishlari shart.

1 mart kuni bo'lib o'tgan ilk jangda Devis va Rouch durangga rozi bo'lishgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: