WBA kamari uchun sobiq davogar bokschi 5 iyul kuni Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida o'z hamkorlik qiladigan RCC promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Hozircha raqib nomalum.
29 yashar Magomed Kurbanov faoliyatidagi yagona bo'lib turgan mag'lubiyatni 2024 yil mart oyida hamyurtimiz Isroil Madrimovdan qabul qilib olgan. Vakant WBA kamari uchun kechgan bahsda Madrimov Kurbanovni beshinchi raundda TKO orqali taslim etgandi.