Avvalroq, promouter Frenk Uorren Usik tanaga urilgan zarbalarni og'ir qabul qilishini aytgan edi.
"Menda zaif joy bor, lekin mendan tashqari hech kim buni bilmaydi. Va men bu haqda hech kimga aytmoqchi ham emasman. Bu zaiflik tuxum ichida, tuxum esa itda, it esa ajdarhoda yashirilgan. Uni topish imkonsiz", — dedi jahon chempioni Aleksandr Usik.
Eslatib o'tamiz, Usik 19 iyul kuni mutlaq jahon chempionligi uchun britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko'tariladi.