Limaning aytishicha, Islam Maxachev UFC yarimo'rta vazn chempionligi uchun jang qiladigan bo'lsa, engil vazndagi kamarini bo'shatib qo'yishi kerak.
"Agar Maxachev vaznini ko'tarsa, u holda chempionlik kamaridan mahrum qilinishi lozim. Iliya Topuriya ham xuddi shunday qildi. O'ylaymanki, UFC Islamga tanlov imkoniyatini beradi. Yarimo'rta vaznni tanlaydigan bo'lsa, engil vazndagi chempionlik kamarini vakant qoldirishi kerak. O'zini o'ylab, butun bir divizionni tanaffusga qo'yishi noto'g'ri bo'ladi. SHaxsan men buni absurd hisoblayman - divizion to'xtab qolmasligi kerak. Jangchilar chempionlik yo'lida hamma narsadan voz kechishyapti. Promoushen rahbarlari bir jangchining manfaatlarini qolganlardan ustun qo'ymasligi lozim", – deya braziliyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda MMA Fighting.
Norasmiy malumotlarga qaraganda, Iliya Topuriya 28 iyun kuni Las-Vegas shahrida o'tkaziladigan UFC 317 turniriga tayyorgarlikni boshlagan. U katta ehtimol bilan Islam Maxaevga qarshi jang o'tkazadi.
Aleksandr Usik nima uchun Fyuri bilan revanshdan so'ng faoliyatini yakunlamaganini tushuntirdi
Sardor Xudoyberdiev 32 yoshda bo'lishiga qaramasdan, asosiy maqsadi UFC'ga o'tish ekanini aytdi
Jervonta Devis va Lamont-Rouch o'rtasidagi revansh jangi nomalum muddatga qoldirildi