
Afsonaviy Kostya Czyuning o'g'li Sidney shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomining markaziy jangida amerikalik 29 yoshli Entoni Velaskesga qarshi ringga chiqdi.
Jang o'n raund davom etdi va unda Czyu 100:90, 100:90, 100:91 hisoblarida g'alaba qozondi. 31 yoshli avstraliyalik charm qo'lqop ustasi iyul oyida WBC kamari uchun kechgan bahsda Sebastyan Fundoraga imkoniyatni boy bergandi.
U bilan bir divizion, yani super yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik sobiq chempion — Isroil Madrimov ham faoliyat olib boradi.