
Liga matbuot xizmatining malum qilishicha, turnir doirasida o'zbekistonlik taniqli aralash yakkakurash ustasi Bobur Abdulazizov ham chiqishi rasman tasdiqlandi. Unga qozog'istonlik Kirill Karpeykin raqib bo'ladi.
Oqshomning asosiy jangi hamyurtimiz Anvar Abdullaev va qozog'istonlik Askar Jaksilikov o'rtasida chempionlik kamari uchun kechadi.
Takidlash joiz, Bobur Abdulazizov faoliyati davomida hozirga qadar 34 ta jang o'tkazib, 23 g'alaba va 11 mag'lubiyat qayd etgan. Kirill Karpeykin hisobida esa ikkitadan g'alaba va mag'lubiyat bor.
