Unda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Sardor Xudoyberdiev Qirg'iziston vakili Argen Abdikadir Uuluga qarshi bahs olib bordi.
Jang yarim engil vazn toifasidagi vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun tashkil etildi.
5 raundlik chempionlik jangi beshinchi raundda muddatidan oldin yakuniga etdi. Hamyurtimiz raqibini bo'g'ish usuli orqali mag'lubiyatga uchratib, Liganing yangi chempioniga aylandi.
Takidlash joiz, bu 31 yoshli Sardorning faoliyatidagi 12-jangi edi. Endi uning hisobida 9 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat mavjud.
Argen Abdikadir Uulu esa bugun 11-jangidagi 2-mag'lubiyatini qabul qilib oldi.