MMA Fighting nashri xabariga ko'ra, o'rta vazn toifasi etakchilaridan biri, Franciya vakili Nassurdin Imavov turnir doirasida braziliyalik Kayo Borraloga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Imavov so'nggi jangini fevral oyida UFC sobiq chempioni Israel Adesanyaga qarshi o'tkazib, ikkinchi raundda texnik nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Borralo esa oxirgi jangini 2024 yilning avgust oyida Jared Kannonirga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.