SportUz.Net

Sardor Xudoyberdievda chempionlik jangi. Bugun sakkiz nafar hamyurtimiz Octagon 71 turnirida jang qiladi

19.04.2025 14:18    


Rasmni yuklab olish

Bugun Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 71 turniri tashkil etiladi.

Musobaqaning markaziy jangi qirg'izistonlik Farida Abdueva hamda Qozog'iston vakilasi Ayan Tursin o'rtasida ayollar o'rtasidagi minimal vazn toifasida chempionlik kamari uchun kechadi.

Co main event'da yarim engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi kamar uchun jangda qirg'izistonlik Argen Abdikadir Uulu bilan to'qnash keladi.

Bundan tashqari, turnir doirasida yana etti nafar hamyurtimiz oktagonga ko'tariladi. Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Quyida musobaqaning to'liq kardi bilan tanishishingiz mumkin:

Asosiy kard:

Markaziy jang, ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida chempionlik jangi: Farida Abdueva (Qirg'iziston) - Ayan Tursin (Qozog'iston)

Ikkinchi asosiy jang, yarim engil vazn toifasida chempionlik kamari uchun: SARDOR XUDOYBERDIEV -  Argen Abdikadir Uulu (Qirg'iziston)

Engil vaznda: Hamidreza Taebinya (Eron) - Arnur Kabdoldaev (Qozog'iston)

O'ta engil vaznda: Irisbek Tilenov (Qirg'iziston) - Saymumin Madiev (Tojikiston)

Yarim og'ir vaznda: HABIB GAZIEV - Kerim Daidov (Qozog'iston)

Yarim engil vaznda: JAVOHIR IMAMOV - Daniyar Ongar (Qozog'iston)

Engil vaznda: IBRAGIM SHAYMANOV - Nurbek Tajibaev (Qozog'iston)

Eng engil vaznda: JAMOLIDDIN RAHMONJONOV - Aydin Kodekov (Qozog'iston).

Prelim kard:

Yarim o'rta vaznda: Amir Saidkiya (Eron) - Maksat Joldash Uulu (Qirg'iziston)

O'ta engil vaznda: Mayrambek Janibek Uulu (Qirg'iziston) - Dilshod Norqo'ziev (Tojikiston)

Engil vaznda: ASADBEK SAIDOV - Timur Talasbek Uulu (Qirg'iziston)

Eng engil vaznda: SHerzod Ibodilloev (Tojikiston) - Ishan Galiev (Qozog'iston)

Yarim engil vaznda: Baxtiyor Tillaev (Tojikiston) - Damir Rahimjonov (Qozog'iston)

Engil vaznda: MANSUR ATAJANOV - Azamat Tuzelov (Qozog'iston)

Engil vaznda: Tirkesh Xolmedov (Turkmaniston) - Kazbek Tolen (Qozog'iston)

Eng engil vaznda: FARHOD QUDRATOV - Ahror Mirzarahimov (Tojikiston).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: