SportUz.Net

Boks terma jamoamiz Rossiyadagi xotira turnirini 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi

19.04.2025 19:00    


Rasmni yuklab olish

Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida boks bo'yicha "Konstantin Korotkov" xalqaro xotira turniri nihoyasiga etdi.

Turnirda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari yakunda 4 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza, jami 16 ta medalni qo'lga kiritgan holda umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi. 

G'olib va sovrindorlar:

Oltin medal:

-75 kg. Aziza Zokirova

-63,5 kg. Abdulloh Madaminov

-75 kg. Nurislom Ismoilov

-86 kg. Nusratbek Tohirov.

Kumush medal:

-50 kg. Gulsevar Ganieva

-60 kg. SHoxrux Abdumalikov

-71 kg. Muhammadazizbek Ismoilov

-80 kg. Rahmatillo Boymatov

-86 kg. SHohjahon Abdullaev.

Bronza medal:

-57 kg. Xumorabonu Mamajonova

-60 kg. Rashida Tagirova

-66 kg. Aysanem Saruarova

-54 kg. Faryozbek Do'smatov

-57 kg. Sanjar Vahobov

-63,5 kg. Adhamjon Muhiddinov

-71 kg. Asilbek Abdurahmonov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: