SportUz.Net

WBC Gran-prisi. Suhrob Qayumov ishtirokidagi jang to'liq davom etdi

19.04.2025 23:42    


Rasmni yuklab olish

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida WBC tashkilotining Gran-Pri turniri o'tkazilmoqda.

Bugun musobaqa doirasida hamyurtimiz Suhrob Qayumov (4-0, 2 KO) ringga ko'tarildi. Ushbu jangda bokschimizga Franciya vakili Eprem Bariko (10-0, 6 KO) raqiblik qildi. 

6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda afsuski franciyalik bokschi bir ovozdan 59-55, 59-55, 59-55 hisoblarida g'alabaga erishdi. 

Suhrob professional boksdagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: