SportUz.Net

Mujibillo Tursunovning WBC Gran-prisidagi keyingi raqibi kim bo'lishi malum

19.04.2025 16:12    


Rasmni yuklab olish

Kecha Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) davom etayotgan boks bo'yicha WBC Gran-prisi doirasida super engil vazn toifasidagi bellashuvlar tashkil etildi.

Unda o'zbekistonlik Mujibillo Tursunov Nigeriya vakili Maykl Adesodunga qarshi ringga chiqib, ochkolar hisobiga ko'ra g'olib bo'lgandi.

Endi Tursunov iyun oyida Gran-pri nimchorak finali doirasida argentinalik Alan Ezikel Dutra bilan bahs olib boradi. Dutra kecha ilk bosqichda amerikalik Kriztech Bazalduani to'rtinchi raundda nokautga uchratgan edi.

Malumot uchun, ushbu diviziondagi yana bir hamyurtimiz Kamronbek Eshmatov dastlabki bosqichda ukrainalik Danilo Lozonga imkoniyatni boy bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: