
Jared Kannonir, Gregori Rodriges, Edmen SHaxbazyan va Gabriel Bonfim kafolatlangan gonorardan tashqari qo'shimcha 50 000 dollarlik mukofot puliga loyiq ko'rilishdi.
Kannonir va Rodriges o'rtasidagi turnirning markaziy bahsi oqshomning eng yaxshi jangi sifatida etirof etildi. Jared birinchi raundning o'zida ikki bor nokdaun holatiga tushib qolganiga qaramay, to'rtinchi raundda raqibini nokautga uchrata oldi.
SHaxbazyan va Bonfim esa yorqin jang uchun bonus qo'lga kiritdi. Edmen SHaxbazyan birinchi raundning ikkinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada bitta aniq zarba evaziga Dilan Budkani taslim etdi. Gabriel Bonfim esa ikkinchi raund yakunlanishiga ikki soniya qolganida Xaos Uilyamsni bo'g'ib qo'ydi.

"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!