
"Biz ayiqqa qo'pol munosabatda bo'lmaganmiz, urmaganmiz yoki qiynamaganmiz. SHunchaki, do'stona kurashganmiz. Boshqa hech narsa yo'q. Zalga borganda ham hech kimdan so'ramaganman. Buka zalining xabari yo'q edi. U zalni bizning ixtiyorimizga topshirishgan. Ambassador sifatida xohlagan payt borib, xohlagan payt ketamiz. U ayiqqa ukol qilingan edi. O'rtog'im taklif qilgandi. Hamma har xil tushundi.
Kerak emasligini tushunib oldim. Bu voqealardan keyin Buka zalining egasi u ayiqni sotib olib, Farg'onadagi hayvonot bog'iga topshirdi. Bu bizga umuman kerakmasdi, lekin promouter va zal "SHahram gapga qolib ketmasin", deya uni sotib olib, Zooparkga topshirdi. Biz hayvonlarga har doim yaxshi qaraymiz", dedi SHahram G'iyosov olamsport.com bosh muharriri Kamoliddin Alimov bilan suhbatda.
SHahram G'iyosov bilan to'liq intervyuni tomosha qilishni tavsiya etamiz, afsuslanmaysiz:
"U unchalik ham kuchli emas". Xoakin Bakli SHavkat Rahmonovga bo'lgan munosabatini ochiqladi
Amerikalik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov haqida: "Undan ko'ra men O'zbekistonga yaqinroqman"
Ilhom Nazimovning raqibi o'zgardi. Hamyurtimiz endi RIZIN chempionlik kamari uchun jang qiladi!