SportUz.Net
photo photo

Andrey Orlovskiy Volkovga "vyzov" tashladi

28.06.2021 11:00    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Andrey Orlovskiy keyingi raqibi Aleksandr Volkov bo'lishini istamoqda.

Volkov kecha Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 190 turnirining markaziy jangida Siril Ganga ochkolar hisobiga ko'ra yutqazib qo'ygandi.

"Ajoyib janglar, ayniqsa markaziy jang. Aleksandr, senga tezroq sog'ayib safga qaytishingni tilayman. Nima deb o'ylaysan, balki muxlislar uchun ajoyib jang kechasi tashkil qilib berarmiz. Bir paytlar senga men bilan jang o'tkazishni taklif qilishsa, hech narsa to'xtatib qololmaydi, deb aytganding. Taklifimni o'ylab ko'r va javobini uzoq kuttirma", - deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Orlovskiy.

Takidlash joiz, 42 yoshli Andrey Orlovskiy shu yil aprel oyida CHeyz SHermanni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: