SportUz.Net
photo photo

Joel Diaz: "Bu pasayish Bekni tushkunlikka solmaydi"

24.06.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

Bektemir Meliqo'zievning murabbiyi Joel Diaz mag'lubiyatga munosabat bildirdi.

"Bu boks. Siz to'g'ri yo'nalishda bo'lganingizda ham, ajoyib o'quv-mashg'uloti o'tkazganingizda ham bitta zarba harakat va tayyorgarliklarni yo'q qilib yuborishi hamda mag'lubiyatga olib kelishi mumkin. O'tgan dam olish kuni biz - Bekning jamoasi kerakli natijani qo'lgan kirita olmadik. Biz jangchi sifatida mag'lubiyatni oldindan bila olamizmi? Haqiqiy jangchida bu savolga javob yo'q. Bek haqiqiy jangchi. Bek sabr qiladi. U juda katta istedod va ulkan yurakka ega. U tez orada chempionlik kamarini egallaydigan haqiqiy chempion. Bekning jamoasi kuchli. Haqiqiy chempion sifatida biz buni qabul qilamiz, qayta ishlaymiz, tuzatishlar kiritamiz va oldinga boramiz. 

Mag'lubiyat alami bo'lsada, biz isbotlaymiz va bilamizki, bazida mag'lubiyat g'alabaning bir qismi, bu bizni kuchli qiladi. Ushbu pasayish Bekni tushkunlikka solmaydi. U tez orada kuchliroq va yaxshiroq bo'lib qaytadi. Yaxshi va yomon kunlar tufayli biz bir oiladekmiz. Biz barchasiga bir jamoadek kuchli turamiz", - deya post qoldirdi Diaz Instagram sahifasida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: