SportUz.Net
photo photo

Aleks Pereyra va Magomed Ankalaev UFC 310 turnirini qutqarib qolishlari mumkin

01.11.2024 14:12    


Rasmni yuklab olish

2024 yilning eng so'nggi raqamlangan UFC turniri 7 dekabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.

Ushbu UFC 310 turnirining markaziy jangi bo'lishi belgilangan yarimo'rta vaznning amaldagi promoushen chempioni amerikalik Belal Muhammad hamda qozog'istonlik davogar SHavkat Rahmonov o'rtasidagi to'qnashuv kamar sohibining sog'lig'i bilan bog'liq muammo sabab bekor qilingandi. 

Xabarlarga qaraganda, yarimog'ir vazn toifasida UFC chempioni braziliyalik Aleks Pereyra hamda rossiyalik davogar Magomed Ankalaev o'rtasidagi jang UFC 310 turnirini saqlab qolishi mumkin. Hamma gap jangchilarning qisqa muddatda bu taklifni qabul qilishida qolmoqda. 

Tashkilot ayni paytda har ikki jangchi bilan muzokara olib bormoqda. Ankalaev ham, Pereyra ham oktyabr oyida jang o'tkazishgan va bir oy ichida yana oktagonga chiqishlari qiyin masala bo'lsa kerak. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: