Kecha tundan mazkur musobaqaning dastlabki mehmonlari poytaxtimizga tashrif buyura boshladi.
Yurtimiz ilk bor qabul qiladigan mazkur dunyo birinchiligidagi bahslar yoshlar va kattalar o'rtasida o'tkazilib, unda 70 ta davlatdan 800 ga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Bellashuvlarga “Humo Arena” majmuasi mezbonlik qiladi.