Bobousmon (3-0-1) 30 noyabr kuni Ekaterinburg shahrida RSS promousheni tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko'tariladi.
O'sha kuni unga britaniyalik Maykl King raqib bo'ladi. Maykl shu kungacha prof boksda 8 marotaba jang o'tkazib, ularning 6 tasida g'alaba qozongan (4 ta nokaut). 2 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bungacha barcha janglarini Britaniyada o'tkazgan.
Bobousmon esa 4 ta jang o'tkazib, ularning 3 tasida g'olib bo'lgan. 1 ta jangda esa durang qayd etilgan.