"Bu jang mening eng zo'r janglarim qatorida bo'lmasligi aniq. Bu kerak ham emas. Men u erga haqiqiy shou ko'rsatish uchun boraman. Bu jangdagi chiqishimga baho berishingizni istayman. Sog'lig'im bilan bog'liq muammolarga kelsak, barchasi ortda qoldi.
Zararli ovqatlar eganim uchun oshqozonimda yallig'lanish yuzaga kelgandi", - dedi Mayk Tayson.
Eslatib o'tamiz, Tayson va Pol o'rtasidagi jang 15 noyabr kuni Arlingtonda o'tkaziladi.