"Oyog'imning suyagida infekciya aniqlandi. Endi olti hafta davomida shifokor nazoratida bo'lishim kerak. Antibiotik osma ukoli olishim kerakligini aytishdi. SHu kunlarda jismoniy faollik ham cheklandi. Yaratganning rejalari eng buyugi! Jangimni kutayotgan barchadan uzr so'rayman. Tez orada yana qaytaman", - dedi shifoxonada muolajalarni boshlab yuborgan Belal.
Hozirda matchmeykerlar SHavkat Rahmonovni yilning so'nggi raqamlangan UFC turnirining kardidagi jangini saqlab qolish, unga yangi raqib topish harakatini boshlab yuborishgan. Aynan Belal Muhammad - SHavkat Rahmonov chempionlik jangi 7 dekabr kuni Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC 310 turnirining markaziy jangi bo'lishi kerak edi.