SportUz.Net
photo photo

Frensis Ngannu Fyodor Emelyanenko bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi

11.10.2024 13:42    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu rossiyalik afsonaviy Fyodor Emelyanenko bilan jang o'tkazish haqida berilgan savolga javob berdi.

"So'nggi paytlarda menga "vyzov" tashlaydiganlar ko'payib ketdi. Aytishim kerak, Fyodor Emelyanenko — men hurmatini joyiga qo'yadigan jangchi. Lekin men hozir bor etiborimni Renan Ferreyraga qaratganman. SHu jangdan keyingina biz kelgusi rejalar haqida gaplashsak bo'ladi", — dedi Ngannu Dailymail nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Frensis Ngannu navbatdagi jangini 19 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida PFL ligasi chempioni Renan Ferreyraga qarshi o'tkazadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: