SportUz.Net
photo photo

WBC Amateur TURKSOY: Turkistonda ilk chempionlik kamari sohiblari aniqlanadi

11.10.2024 13:00    


Rasmni yuklab olish

Turkiy tilli davlatlar bokschilari o'rtasidagi turnir g'oliblari WBC Amateur TURKSOY chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.

Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iz Respublikasi, Turkiya, Turkmaniston va Ozarbayjon professional boks federaciyalari rahbarlari ishtirokida o'tgan sammitda WBC Amateur TURKSOY chempionlik kamari uchun turnir tashkil etish g'oyas ilgari surilgandi. 

WBC Boshqaruv kengashi azosi Oksana Seminishina, TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Sultan Raev ishtirok etgan o'sha Sammitda yangi turnirning chempionlik kamari taqdimoti ham o'tkazilgandi. Turkiy tilli davlatlar bokschilari o'rtasidagi turnir g'oliblari WBC Amateur TURKSOY chempionlik kamarini qo'lga kiritadi. 

Ushbu musobaqa turkiy davlatlarda professional boksni aynan yoshlar o'rtasida ommalashtirish, tajriba almashish, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, katta arenalarga chiqishi uchun yordam berish 

Bugun Qozog'istonning Turkiston shahrida turkiy qardosh davlatlar do'stligini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi ushbu boks turniri boshlandi. 

2008-2009 yillarda tavallud topgan yosh bokschilar o'rtasida o'tkazilayotgan turnirda 9 nafar hamyurtimiz ham ringga chiqmoqda. Referimiz Islom Rahmonov janglarda hakamlik qilyapti. 

Bokschilarimiz ishtirokidagi janglar:

46 kg. Odilshoh Xalimov (O'zbekiston) - Seitbek Nursultan (Qozog'iston)

52 kg. Dmitriy Dildin (Qozog'iston) - Abdurahmonjon Sattorov (O'zbekiston)

52 kg. Bobomurod Boymirzaev (O'zbekiston) - Erasil Meyramxan (Qozog'iston)

57 kg. Sardor SHodiev (O'zbekiston) - Imangali Kayratuli (Qozog'iston)

63 kg. Abdraim Temirlan (Qozog'iston) - Abrorbek SHaripov (O'zbekiston)

63 kg. Suhrob Rahmatullaev (O'zbekiston) - Orazali Kobey (Qozog'iston)

70 kg. Yormuhammadbek Husanboev (O'zbekiston) - SHahriyor Rasuljonov (O'zbekiston)

70 kg. Suhbatullo Nematov (O'zbekiston) - Dosxan SHaripxanov (Qozog'iston)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: