SportUz.Net
photo photo

Konor Makgregor Mayk Taysonga kamar sovg'a qildi + FOTO

11.10.2024 08:48    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor afsonaviy Mayk Tayson bilan uchrashdi.

Irlandiyalik ushbu uchrashuv aks etgan suratni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi. Konor Temir Maykka qo'lqopsiz janglar ligasi - Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC)ning chempionik kamari sovg'a qildi. Makgregor ushbu Liganing egalaridan biri hisoblanadi.   

"Xonimlar va janoblar, Bare Knuckle Mayk Tayson. SHunchaki ajoyib!", — deya suratga izoh bergan Makgregor.

Malumot uchun, Konor Makgregor shu kungacha MMAda 28 ta jang o'tkazib, 22 g'alaba va 6 mag'lubiyat qayd etgan. Mayk Tayson esa prof ringda 56 ta jangda ringga ko'tarilib, roppa-rosa 50 tasida g'alaba qozongan. Konorda bo'lgani singari unda ham 6 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: