SportUz.Net
photo photo

Pereyraning g'alabasiga million dollar qo'ygan Makgregor UFC`ning taqiq qoidasini buzdi

10.10.2024 16:42    


Rasmni yuklab olish

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor yarimog'ir vaznda amaldagi promoushen chempioni Aleks Pereyraning jangidan yaxshigina pul yutib oldi.

Irlandiyalik braziliyalik chempionning davogar Xalil Rauntriga qarshi kechgan jangida nokaut yoki texnik nokaut bilan g'alaba qozonishi uchun bir million AQSH dollari miqdorida "stavka" qilgandi. Jangning to'rtinchi raundida Aleks raqibini texnik nokautga uchratdi. Bu esa Konorga 200 ming dollar keltirdi.  

"Kim tavakkal qilmasa, shampan vinosi ichmaydi", - dedi Makgregor.

Qizig'i, keyinchalik Konor Makgregor totalizatorda pul yutib olgani haqida yozgan xabarini o'chirib yuborgan. Boisi, 2022 yildan etiboran UFC o'z jangchilariga promoushen tomonidan o'tkaziladigan janglarga pul tikishni taqiqlab qo'ygan. Konor esa qoidani buzgan holda Aleks Pereyraning g'alabasiga million dollar pul tikdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: