SportUz.Net
photo photo

Nihoyat, Islam Maxachev jang sanasini tasdiqladi

11.10.2024 09:06    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev navbatdagi chempionlik jangi sanasini elon qildi.

Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi 2025 yilning 18 yanvar kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladigan UFC 311 turnirida oktagonga ko'tariladi. Katta ehtimol bilan o'sha kuni uning raqibi engil vazn reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Arman Carukyan bo'ladi. 

"Yanvar oyida ko'rishamiz. Jarohatim deyarli bezovta qilmayapti. Mashg'ulotlarni boshlasam ham bo'laveradi", - deya "Match TV" telekanaliga intervyu bergan Maxachev. 

Avvalroq UFC rahbariyati Islam va uning jamoasiga aynan yanvar oyida jang o'tkazish taklifini bergan edi. 

Aslida Islam Maxachev - Arman Carukyan jangi 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida o'tkaziladigan UFC 308 turnirining markaziy to'qnashuvi bo'lishi kerak edi. Ammo Islam Dastin Porega qarshi jangda qo'lidan jarohat olishi natijasida ushbu bahs amalga oshmay qolgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: