SportUz.Net
photo photo

Jeyk Pol o'z joniga qasd qilish haqida o'ylaganini aytdi

11.10.2024 14:42    


Rasmni yuklab olish

Bloger va bokschi Jeyk Pol bir necha yil oldin hayotining qiyin damlari vaqtida o'z joniga qasd qilish haqida o'ylaganini aytdi.

"Menda butun boshli reja bor edi. Bunga aqlbovar qilmaydi. 

Bu dahshatli vaziyat. O'rmon bilan bog'liq holat mening faoliyatim va daromadimni barbod qildi. Men 30 million dollarga yaqin pul yo'qotdim. 

Pul bo'lmasa o'zimni yomon ko'raman, butun dunyo meni yomon ko'radi. Tushkunlikka tushdim. Ota-onam, Logan bilan munosabatim yomonlashdi. O'zimni hayotning xatosi deb his qildim. Butun umrim davomida yaxshilik qilishga harakat qildim, bu esa yakunda xech narsa olib kelmadi. 

Ammo keyin o'zimga keldim va meni mag'lub etishlariga yo'l qo'ymasligimni angladim. Boks - vaziyatdan chiqish uchun eng yaxshisi bo'ldi", - dedi Pol. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: