"Eduard Vaskes — ajoyib jangchi. U ringga to'liq fidoyilik bilan chiqadi. Biz bilgan holda uni tanladik, chunki bu ajoyib jang bo'lishini bilardik. Bu men uchun juda muhim jang. SHu bilan birga, nokautlarni bashorat qilishni yoki hammasi qanday yakunlanishini vada qilishni yoqtirmayman. Men faqat ishimni bajaraman. Agar nokaut bo'lsa, ajoyib. Hech bo'lmaganda xalqim uchun g'alaba qozonaman.
Vaskes bilan jangga xuddi mag'lubiyatsiz chempiondek tayyorlanyapman. Bu yondashuv menga ortiqcha ishonchdan xalos bo'lishga yordam beradi. Bu uning uchun katta imkoniyat ekanligini ham tushunaman, shunday ekan, u ham eng yaxshi formasida bo'ladi. Bu jangda yaponlarga Naoya Inouega qarshi jangga tayyor ekanligimni ko'rsatmoqchiman. Bu menga vazn toifasidan qatiy nazar dunyoning eng yaxshi bokschilaridan biri bo'lishga yordam beradi. Men barcha meksikaliklarga unutilmas kechani taqdim etishni rejalashtiryapman", deydi Espinoza.
Malumot uchun, Naoya Inoue 4 may kuni Espinoza bilan bir oqshomda amerikalik Ramon Kardenas bilan jang qiladi. G'alaba qozongan taqdirda uning keyingi raqibi hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev bo'ladi.