Musobaqa doirasida yarim engil vazn toifasidagi o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Firdavs Hasanov ham oktagonga ko'tarildi.
Ahamiyatlisi, Hasanov turnir doirasida ikkita jang o'tkazib, har ikkisida zafar quchdi. Jangining birinchisini nokaut bilan, ikkinchisini esa sabmishen usulida muddatidan avval yakuniga etkazdi. U ikkinchi jangida Belarus vakili Nikita Rachkovdan ustun keldi.
"Maqsad sari yana bir qadam oldinga qo'ydik, Alhamdulillah. Uzoq vaqt, og'ir mehnat va sabr o'z samarasini beradi bir kun kelib. Muhimi ishonch! Xeyterlar esa xeyterligicha o'z joyida qolaveradi!", deya g'alabasiga munosabat bildirdi yurtdoshimiz.
SHu tariqa, 31 yoshli Firdavsning rekordi 12-5-0 ko'rinishiga keldi. Malumot uchun, Hasanov bir necha yildan buyon Amerika Qo'shma SHtatlarida istiqomat qilib, o'sha manzilda mashg'ulotlar olib boradi.