Xoldarov yuklagan suratlarga ko'ra, u elkasidagi jarohatini operaciya qildirgan.
Oxirgi paytlarda yana havaskor bokschi sifatida janglarga chiqayotgan Iqboljon so'nggi bor aprel oyi avvalida Braziliyada bo'lib o'tgan World Boxing Jahon kubogi bosqichida ishtirok etib, chorak final bosqichida mag'lub bo'lgandi.
28 yashar hamyurtimiz prof karerasi davomida hozirga qadar 6 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.