SportUz.Net

Ukrainalik ekspert chempionlik kamarini qo'lga kiritishga yaqin turgan o'zbekistonlik prof bokschilarni sanab berdi

26.04.2025 18:15    


Rasmni yuklab olish

Ukrainalik jurnalist, vRINGe.com sayti bosh muharriri o'rinbosari Svyatoslav Osipov o'zbekistonlik bokschilardan qaysi biri ayni damda jahon chempioni unvoniga yaqinroq ekanligi haqida gapirdi.

"Bundaylar juda ko'p. Yaqin orada Murodjon Ahmadaliev, SHahram G'iyosov va Bektemir Meliqo'ziev chempionlik kamari uchun jang qilishlari mumkin. Har qanday holatda ham Isroil Madrimovni hisobdan chiqarmasligimiz kerak. 

Otabek Xolmatov ikkinchi urinishida jahon chempioni bo'lishiga ishonaman va chin dildan buni istayman. Meni Sirochbek Ismoilovning Yoshino ustidan qozongan g'alabasi qiziqtirdi. Men oldin bu bokschining janglarini ko'rmagan edim. Men buni ko'rishni juda xohlayman", deydi mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: