SportUz.Net

Bugun uch nafar bokschimiz Budapeshtda ringga ko'tariladi

26.04.2025 17:12    


Rasmni yuklab olish

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi "Folyondar Sports Hall" majmuasida professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida uch nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi — SHohjahon Abdullaev, Komronbek Turg'unboev va Muhammad SHexov ham ringga ko'tariladi.

Og'ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullaevga Venesuela vakili Ivan Matyut raqiblik qilsa, 21 yashar Turg'unboev moldovalik Ivan Petrovga qarshi ringga  ko'tariladi. Muhammad SHexov esa Venesuela vakili Orlando Moralesga qarshi bahs olib boradi. 

Bugungi to'qnashuv SHohjahon Abdullaev uchun prof boksdagi to'rtinchi jang bo'ladi. U bundan avvalgi janglarining barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Abdullaevning bo'lajak raqibi — 31 yashar Matyut hisobida esa 31 g'alaba, 20 ta mag'lubiyat va 2 durang bor.

Yarimo'rta vaznli Komronbek esa 2023 yilda prof boksda debyut qilib, Bogdan Utegenovni mag'lub etgandi. Petrov (7-16-2)ga qarshi jang hamyurtimiz uchun professional faoliyatidagi ikkinchisi bo'ladi. 

32 yashar Muhammad SHexov faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan. U oxirgi jangini o'tgan yilning dekabr oyida xitoylik Zong Liuga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan va vakant bo'lib turgan IBF Intercontinental kamarini qo'lga kiritgandi. Hamyurtimiz hozirda WBO reytingida 5-o'rinni egallab turibdi.

Uning bo'lajak raqibi, 20 yoshli Orlando Morales hisobida esa 13 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: