Malum bo'lishicha, Meliqo'ziev 30 may kuni o'zi hamkorlik qiladigan Golden Boy promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan prof boks oqshomi doirasida ringga qaytadi. 29 yashar hamyurtimizga o'sha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi.
Jang supero'rta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida o'tkaziladi. Meliqo'ziev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan bo'lsa, Fulgxem to'rtinchi pog'onada bormoqda.
Malumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang o'tkazib, 15 ta g'alaba (10 KO) va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qo'lga kiritilgan 14 ta g'alaba (12 KO) bor.
Dyu Plessining murabbiyi Drikus va CHimaev o'rtasidagi jang ehtimoli haqida gapirdi