SportUz.Net
photo photo

Ramazon Temirov oktagonga chiquvchi UFC Fight Night 244 turnirining to'liq kardi malum

07.10.2024 19:09    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan 13 oktyabr kuni tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, UFC Fight Night 244 turniri prlim kardida hamyurtimiz Ramazon Temirov ham oktagonga chiqadi. Aralash yakkakurash ustamiz dunyoning kuchli ligasida amerikalik Karlos Vergaraga qarshi debyut jangini o'tkazadi. 

Tashkilotchilar ushbu oqshomning to'liq kardini elon qilishdi. Turnir kardidan 14 ta jang o'rin olgan. Kechani ochib beruvchi ilk jangdagi Terrens Makkinnining raqibi hali rasman tasdiqlanmagan. Markaziy jang o'ta engil vazn toifasida Brendon Royval hamda Tacuro Taira o'rtasida bo'lib o'tadi.


UFC Fight Night 244 turniri. Asosiy kard

Brendon Royval — Tacuro Taira

Bred Tavares — CHun Yon Pak

Grant Douson — Rafa Garsiya

Kori Makkenna — Juliya Polastri

Deniel Rodriges — Aleks Morono

Abdul Razak Alxassan — Josh Fremd


Prelim kard

CHidi Ndjokuani — Jared Guden

Ramazon Temirov — Karlos Vergara

Pet Sabatini — Jonatan Pirs

Temba Gorimbo — Niko Prays

Kris Barnett — Junior Tafa

Kodi Xeddon — Deniel Ardjeta

Kleyton Karpenter — Lukas Rocha

Terrens Makkinni – TVA (hali raqib tasdiqlanmagan)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: