Temirov 13 oktyabr tongida Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida mezbonlar vakili Si Jey Vergaraga qarshi oktagonga chiqadi. U ayni paytda Las-Vegasdagi UFC Performance Institute majmuasida jangga so'nggi tayyorgarliklarni olib bormoqda.
"Jangimga ham roppa-rosa bir hafta qoldi. Oxirgi sparringlarni ham tugatib oldim. Duo qilib turinglar, chiroyli g'alaba bilan sizlarni xursand qilishni Alloh nasib qilsin", deya quyidagi suratni izohladi Temirov.