SportUz.Net
iks
ads

CHempionlik kamari uchun kechgan Carukyan ishtirokidagi jang muddatidan avval yakunlandi

18.12.2025 09:12    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan kelib chiqishi armanistonlik bo'lgan Arman Carukyan navbatdagi jangini o'tkazdi.

Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha ACBJJ 20 turniri bo'lib o'tdi. Greppling bo'yicha tashkil etilgan oqshomning asosiy jangida Arman Carukyan ASA ligasi Gran-Prisi g'olibi Mexdi Baydullaevga qarshi bahs olib bordi. 

Bellashuvning aksariyat qismida jangchilar taqiqlangan zarbalar va usullardan foydalanishdi. Sal bo'lmasa ularning har ikkisi ham diskvalifikaciya qilinishi mumkin edi. Lekin jang yakunlanishiga 13 soniya qolganida Carukyan Mexdi Baydullaevni bo'g'ib qo'ydi va ACBJJ "All Stars" chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. 

Turnirning so-main event jangida Eduard Vartanyan jangovor jiu-jitsu bo'yicha o'tkazilgan jangda Yusuf Raisovni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. Greppling bo'yicha o'tgan jangda UFC og'ir vazn toifasi vakili Aleksandr Volkov Evgeniy Goncharovni hakamlar qaroriga ko'ra taslim etdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: