
Hamyurtimiz 23 dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida tashkil etiladigan MMA bo'yicha Game of the future turniri doirasida oktagonga chiqadi. O'sha kuni Jahongirga Misr vakili Ramadan Numan raqiblik qiladi.
Jang engil vazn toifasida bo'lib o'tadi. Bundan tashqari, sportchilar fijital MMA (kibersport) bahsida ham qatnishishi belgilangan.
Malumot uchun, Jahongir Najmiddinov faoliyati davomida hozirgacha 21 ta jang o'tkazib, 11 ta g'alaba, 8 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Ramadan Numan hisobida esa 11 ta g'alaba va 6 ta mag'lubiyat bor.

ATFC'ning Brave CF Ligasi bilan Buxoroda o'tkazadigan turniri to'liq kardi elon qilindi