SportUz.Net
photo photo

Iliya Topuriya: "Keyingisi Maxachev!"

07.10.2024 18:06    


Rasmni yuklab olish

Yarimengil vazn toifasida Ispaniya/gruziyalik UFC chempioni Iliya Topuriya navbatdagi raqibi kim bo'lishini aytdi.

U 26 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida o'tkaziladigan UFC 308 turnirining markaziy jangida avstraliyalik Maks Xollouey bilan to'qnash keladi.

"Albatta, o'ylashimcha, Islam Maxachevni juda tez mag'lub eta olaman. Umid qilamanki, Xollouey bilan jangimdan keyingi raqibim Maxachev bo'ladi", dedi Topuriya.

Islam bilan jang qilish uchun Iliya birinchi navbatda Xolloueyni mag'lub etishi kerak bo'ladi. U bilan bir kechada o'zbekistonlik Nursulton Ro'ziboev ham oktagonga ko'tariladi.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: