SportUz.Net
photo photo

SHohasan Mirzamatov kechagi kutilmagan mag'lubiyatiga izoh berdi

07.10.2024 14:57    


Rasmni yuklab olish

O'zbekistonlik MMA jangchisi SHohasan Mirzamatov kecha Qozog'istonning Olma-Ota shahrida o'tkazilgan Octagon 64 turnirida jang qildi.

U braziliyalik Pedro Fariasga qarshi jangda jarohat tufayli bahsni oxirigacha davom ettira olmadi va unda Farias ochkolar hisobiga ko'ra g'olib deb elon qilindi.

Hamyurtimiz ushbu holatga quyidagicha izoh berdi:

"Hammaga assalomu alaykum! Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga katta rahmat. Afsuski, bu safar omadimiz kelmadi. Sababi, birinchi raundning boshidayoq barmog'im sindi. Jangni hech qanaqasiga davom ettira olmasdim.  Yana bir bor barchaga katta rahmat!", dedi Mirzamatov.

Bu SHohasan Mirzamatov  uchun faoliyatidagi to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: