SportUz.Net
iks
ads

Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev uchinchi chempionlikdan so'ng: "To'xtab qolish yo'q. Gap-so'zlarga nuqta qo'ydik deb o'ylayman"

14.12.2025 18:18    


Rasmni yuklab olish

Faoliyatida uchinchi marotaba Jahon chempionligini qo'lga kiritgan Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev g'alabadan keyingi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uch karra Jahon chempioni bo'ldim. Buni Yaratganning bergan nemati deb bilaman. Birinchi navbatda ota-onamning duosi bilan. Mehnat qildik, o'z ustimizda ishladik. Olimpiada va ikki karra Jahon chempioni bo'lsakda, to'xtamadik. Mana Allohga shukr, uch karra Jahon chempioni bo'ldim. Bundan keyin ham to'xtab qolish yo'q. 

Oldinda maqsadlarim ko'p. Hozir biroz hayajondaman. Xudo xohlasa keyingi bekat - Osiyo o'yinlari. 

Bosh murabbiyimiz To'lqin aka doimo menga ishonch bildirib kelganman. Ularning ishonchlarini oqlayman. Xudo xohlasa ikki karra Olimpiada chempioni bo'laman. 

Gap-so'zlarga nuqta qo'ydik deb o'ylayman", - dedi Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: