SportUz.Net
iks
ads

SHarabutdin Ataev Toshkentdagi chempionlik haqida: "Ikki yil oldingisi ancha yorqin va qimmatli edi"

14.12.2025 19:24    


Rasmni yuklab olish

Rossiyalik bokschi SHarabutdin Ataev -86 kg vazn toifasida boks bo'yicha jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Hissiyotlar ijobiy, quvonchli. Ishni bajardik, xotirjam uyga qaytsa bo'ladi. Ikki yil oldin emociyalar ancha yorqin edi, chunki unisi birinchi marotaba edi. Juda qimmatli bo'lgan. Hozir esa bu hislarga ko'nikib qolganman, natija kutilgan edi. Endi boksni yaxshiroq tushunamiz, raqiblarni taxminan bilamiz. Kimlar bilan to'qnash kelishimizni taxmin qilgan bo'lsak, o'shalar bilan jang qildik. Birinchi kundanoq shunday setka bo'lishini bilardim. Va aytgandim - kim bilan jang qilishimning farqi yo'q. Ringga chiqaman va o'z boksimni ko'rsataman. Bu g'alabani oilamga, yaqinlarimga bag'ishlayman. Yaxshiyamki, to'piqdagi jarohat bezovta qilmadi. Operaciya sifatli o'tkazilgan", — dedi Ataev. 

Eslatib o'tamiz, SHarabutdin Ataev 2023 yili Toshkent mezbonlik qilgan IBA Jahon chempionatida ilk bor oltin medalga sazovor bo'lgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: