"Agar faoliyatimdagi eng qiyin raqib haqida gapirsak, menimcha, Deontey Uaylderni ko'rsatgan bo'lardim. Men o'z faoliyatimning cho'qqisida, aynan formada bo'lgan paytimda u bilan jang qilganman. U qo'lida dinamiti bo'lgan gigant edi. Birgina kichik xato orqali chuqur nokautga tushib qolish mumkin edi. Bu 1-raundda ham, 12-raundda ham ro'y berishi mumkin edi.
U barcha davrlarning eng zo'r superog'ir vaznli nokautchisi sifatida albatta SHon-sharaf zaliga kiradi. Uni mag'lub etish doimo asosiy maqsadim bo'lgan", - dedi Fyuri.