SportUz.Net
photo photo

UFC 307: Aleks Pereyraning Rauntriga qarshi jangi muddatidan oldin yakunlandi

06.10.2024 10:15    


Rasmni yuklab olish

Solt-Leyk-Sitida UFC 307 turniri o'z nihoyasiga etdi.

Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra davogar Xalil Rauntriga qarshi oktagonga ko'tarildi. 

5 raundga mo'ljallangan jang 4-raundda o'z yakuniga etdi.

Jang davomida katta ustunlikka erishgan Pereyra 4-raundga kelib ketma-ket zarbalar bilan raqibiga bosim o'tkazdi. Bu vaziyatda Rauntri o'zini himoya qila olmadi va hakam jangni to'xtatdi. 

SHu tariqa, Pereyra muddatidan oldin g'alaba qozonib, o'z kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: