SportUz.Net
photo photo

UFC 307. 38 yoshli Joze Aldo ishtirokidagi jang to'liq davom etdi + FOTO

06.10.2024 09:03    


Rasmni yuklab olish

Ayni daqiqalarda AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida navbatdagi raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tmoqda.

UFC 307 turnirining asosiy kardidan o'rin olgan qiziqarli janglarning birida amerikalik Mario Bautista yarimengil vaznda sobiq UFC chempioni braziliyalik Joze Aldoga qarshi oktagonga chiqdi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Mario hakamlarning ayri (2:1) qarori bilan g'alaba qozondi. Hakamlarning ikki nafari Bautistaga, yana bir Aldoga 29:28 hisobidagi g'alabani taqdim etgan.   

Bu Bautista uchun ketma-ket qozonilgan ettinchi g'alaba bo'ldi. Uning MMAdagi rekordi 15 g'alaba va 2 mag'lubiyatni tashkil qilmoqda. Tajribali Aldo hisobida esa 32 g'alaba va 9 mag'lubiyat bor. U 18 ta jangini muddatidan avval qo'lga kiritgan. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: