SportUz.Net
photo photo

Matiasdan chempionlik kamarini tortib olgan Liam Paroning ilk raqibi va jang sanasi malum + POSTER

05.10.2024 17:54    


Rasmni yuklab olish

SHu yilning 7 dekabr kuni Puerto-Rikoning San-Xuan shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.

Oqshomning markaziy jangi superengil vazn toifasida IBF kamari sohibi, avstraliyalik Liam Paro ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni amerikalik Richard Xitchins raqiblik qiladi.

28 yoshli Paro iyun oyida aynan puerto-rikolik Sabriel Matiasni mag'lub etib, IBF kamarini qo'lga kiritgan edi. Uning hisobida 25 ta jang va 25 ta g'alaba (15 KO) bor.

27 yoshli Richard Xitchins esa hozirga qadar 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblaridan ustun kelgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: