SportUz.Net
photo photo

Pereyra g'alabali jangi va navbatdagi rejasi haqida gapirdi

06.10.2024 12:54    


Rasmni yuklab olish

Aleks Pereyra Xalil Rauntriga qarshi jangdagi g'alabasidan so'ng o'z fikrini bildirib o'tdi.

"Bu jang qiyin o'tishini bilardim. Xalil Rauntri - juda tajribali jangchi.

Nokaut? Reja shunday bo'lgandi. Men ikkinchi raundda u endi yopiq emasligini tushundim. 

Endi nima bo'ladi? Ko'p jihatlarga bog'liq. Masalan Drikus dyu Plessining rejalariga. Men yarimog'ir vazn toifasida o'zimni yaxshi his qilyapman va shu divizionda kamarni himoya qilishda davom etishni rejalashtiryapman", - dedi Aleks Pereyra. 

Eslatib o'tamiz, bugun o'tkazilgan UFC 307 turnirida Aleks Pereyra Xalil Rauntrini 4-raundda nokautga uchratdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: