SportUz.Net
photo photo

UFC 307 turnirining bonuslari kimlarga nasib etdi?

06.10.2024 12:03    


Rasmni yuklab olish

UFC matbuot xizmati biroz avval AQSHning Solt-Leyk-Siti shahrida yakuniga etgan UFC 307 turnirining bonus sohiblarini elon qildi.

Aleks Pereyra, Xalil Runtri, Xoakin Bakli va Rayan Spenn kafolatlangan gonorardan tashqari qo'gimcha 50 000 dollarlik bonus, yani mukofot pulini ham qo'lga kiritishdi. 

Aleks Pereyra va Xalil Runtri o'rtasidagi chempionlik to'qnashuvi UFC 307 turnirining eng yaxshi jangi deb topildi. Xoakin Bakli va Rayan Spenn esa yorqin janglar uchun bonusga loyiq ko'rildi. 

Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboevni mag'lubiyatga uchratgan Xoakin Bakli bugun uchinchi raundda Stiven Tompsonni texnik nokaut evaziga taslim etdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: