WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi.
7 fevral kuni elon qilingan reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan.
Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov avvalgi oydagi kabi 33-pog'onada qayd etilgan.
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) ikki vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 22-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-o'ringa joylashgan.
Yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) Qudratillo Abduqahhorov 8-pog'onani band etgan.
Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov yangilagan reytingning 23-o'rniga tushgan. Ushbu vaznda WBC Youth kamarini qo'lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 39-o'ringa joylashgan.
Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) ettinchi o'ringa tushgan. Eslatib o'tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek WBA Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo'ziev 33-o'rinda qayd etilgan.
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi
Bogdan Guskov UFC'dagi bitta jangiga tayyorlanishi uchun qancha pul sarflashini aytdi